Qidiruv
qo‘ng‘iroqlar markazi 9:00 до 18:00
/uz

Laminatni egri shaklli ob’ektlar atrofiga yotqizish uchun katta qog‘oz, pichoq, qalam va jigsa kerak bo‘ladi.

  • Bir parcha qog‘oz oling. Ob’ektning shaklini panelda kesib olish uchun kerak bo‘ladi. Qog‘ozni ob’ektning o‘lchamiga moslab tanlang. Qog‘ozda ob’ektning taxminiy shaklini chizing va kesib oling. Qog‘ozni polga lenta bilan mahkamlang, shunda u siljib qolmaydi.
  • Qog‘ozda oxirgi yotqizilgan panel qatorigacha bo‘lgan masofani belgilang.
  • Qoplamaning bir qismini (obrezok) oling. Kesimni ob’ektga surib qo‘ying va uning orqa tomonida chiziq chizing. Kesimni ob’ekt bo‘ylab harakatlantiring va chiziqlar chizishda davom eting. Keyinchalik ushbu chiziqlar yordamida ob’ektning shakli panellarga tushiriladi.
  • Shablon tayyor va endi bir nechta panellarni bir-biriga birlashtirish kerak. Ob’ekt maydoniga mos ravishda polda yetarli joy oching. Konstruksiyaning qattiqligini oshirish uchun yana bir nechta panel qo‘shing.
  • Shablonni birlashtirilgan panellarga lenta bilan mahkamlang. Shablon yaratishda ilgari ishlatilgan kesimdan foydalanib, laminat panellarida chiziqlar chizing. Uni chizilgan chiziqlarga surib qo‘ying va panellarning orqa tomonida yana bir nechta chiziqlar chizing.
  • Juda oz qoldi. Barcha chiziqlar laminat panellariga tushirilganmi? Endi qog‘ozni olib tashlash mumkin. Panellarni bir-biridan ajratib, ularni ish stoliga qo‘ying va chizilgan chiziqlar bo‘ylab konturni arralab oling.
  • Hammasini joyiga qo‘yish qoldi. Kesilgan profilli panellarni egri ob’ekt atrofiga joylashtiring va ularni birlashtiring.

Maslahat: panellarni hojatxona atrofiga yoki namlik ta’siriga uchraydigan boshqa joyga yotqizayotganda, namlik kirib kelishining oldini olish uchun ko‘pikli polietilen va Hydrokit pastasini qo‘llang.

Yaqin atrofdagi do‘konni toping
Veb-sayt ish faoliyatini yaxshilash uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz.
Saytda qolish orqali siz cookie-fayllarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz