Qidiruv
qo‘ng‘iroqlar markazi 9:00 до 18:00
/uz

Laminat polni egri devorli xonaga yotqizish uchun lom (somitirgich), qalam, jigsa, iskana (stalmeska) va panelning bir qismi (obrezok) kerak bo‘ladi.

  • Avval laminat polni butun holda yotqizing, egri devor tomon harakatlanib. Qo‘shni pol bilan devor orasiga butun panelni joylashtirish imkonsiz bo‘lgan nuqtaga yetguncha montajni davom ettiring.
  • Ikki panelni bir-biriga birlashtiring va ularni polning oxirgi qatori ustiga qo‘ying.
  • Laminatning bir qismini (obrezok) oling va uni devorga bosib turing. Boshqa tomondan unga qalamni qo‘yib, chizing.
  • Panel qismini devor bo‘ylab harakatlantiring. Birlashtirilgan panellarda kesish chizig‘ini chizing.
  • Kesish chizig‘i chizilgan panellarni bir-biridan ajrating va chiziq bo‘ylab arralang.
  • Endi kesilgan panellarni birlashtirib, tayyor panelni hosil qilish qoldi. Uni iskana va lom yordamida mahkam qistirib o‘rnating.
Yaqin atrofdagi do‘konni toping
Veb-sayt ish faoliyatini yaxshilash uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz.
Saytda qolish orqali siz cookie-fayllarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz