Qidiruv
qo‘ng‘iroqlar markazi 9:00 до 18:00
/uz

Har bir inson biladi: yaxshi tayyorgarlik — bajarilgan ishning yarmi! Va bu qoida yangi laminatni o‘rnatishda ham ishlaydi. Yangi laminat yotqizishni rejalashtirayotganda ko‘proq e’tibor berish kerak bo‘lgan bir jihat bor. Bu nima? To‘g‘ri podlojkani tanlash. Hozir hammasini tushuntiramiz.

Laminatni yotqizish albatta podlojka bilan birga bajarilishi kerak. To‘g‘ri podlojkani tanlash Quick-Step® laminatidan foydalanish sifati va qulayligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Quick-Step® podlojkalarining har xil turlari oson yotqiziladi, pol asosini qo‘shimcha ravishda tekislaydi va ovoz, namlik hamda issiqlik izolyatsiyasini ta’minlaydi. Shuningdek, Quick-Step® podlojkasi Uniclic® qulf tizimini himoya qilish uchun qo‘shimcha barqarorlashtiruvchi qatlamdir.

Qaysi turdagi podlojkani tanlash kerak?

Har bir xona va har qanday vaziyatga mos keladigan podlojka turi mavjud. O‘zingizga aynan nima kerakligini o‘zingiz hal qiling.

  • Agar siz vaqti-vaqti bilan kiradigan xonada, masalan yotoqxonada ta’mirlayotgan bo‘lsangiz, unda bizning asosiy Quick-Step Basic podlojkasini tanlashingizni tavsiya qilamiz. 
  • Agar ta’mirlash odatda ko‘proq uy a’zolari va mehmonlar to‘planadigan mehmon xona yoki oshxonada bo‘layotgan bo‘lsa, unda sizga yuqori zichlikdagi Quick-Step Basic Plus podlojkasi juda mos keladi.
  • Qadam tovushlarining shovqinini kamaytirishni xohlaysizmi, qishloq uyingizning ikkinchi qavatida? Bunday holda Quick-Step Basic Plus — aynan sizga kerak bo‘lgan narsa. 
  • Laminat uchun barcha podlojkalarimiz polni pastdan keladigan namlikdan himoya qiladi.

Quick-Step® podlojkalariga kafolat pol qoplamasining kafolatiga teng, ya’ni umrbod. Biz Quick-Step® podlojkalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz, chunki ular Quick-Step® pol qoplamalari bilan qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan.



Yaqin atrofdagi do‘konni toping
Veb-sayt ish faoliyatini yaxshilash uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz.
Saytda qolish orqali siz cookie-fayllarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz