Birinchi qadam qoplam yotqiziladigan qo‘pol polning turiga bog‘liq, shuning uchun uni tekshirib ko‘ring. Qat’iy tavsiya qilamiz: tekis, barqaror, toza qo‘pol pol ustida ishlang. Bo‘shashgan joylar yo‘qligiga albatta ishonch hosil qiling.
Yotqizilgan pol plitkalari orasidagi bo‘g‘inlarning qanday o‘lchamiga ruxsat beriladi? Notekisliklarni qanday bartaraf etish mumkin? Pol isitish tizimini o‘rnatish mumkinmi?
To‘g‘ri podlojkani tanlash muhim bosqich bo‘lib, yangi laminatni o‘rnatish qulayligi uchun zarur. Quick-Step markali podlojkalari gidroizolyatsiya, izolyatsiya, ovoz yutish va tekislash xususiyatlariga ega. Podlojkalarning yuzasi tekis, shuning uchun laminatni ular ustiga yotqizish qiyin bo‘lmaydi.
Polni yotqizishni boshlaganingizda ishdan chalg‘imaslik uchun bir nechta kerakli asboblarni oldindan tayyorlang.
Sizga bolg‘a va arra, shuningdek, ishni osonlashtiradigan boshqa bir qator asboblar kerak bo‘ladi.
Ishga kirishamiz!
Qanday bo‘lmasin, pol mukammal yotishi uchun plankalarni kesishga to‘g‘ri keladi. Ammo tashvishlanmang! Buni qanday qilib to‘g‘ri bajarishni ko‘rsatamiz.
Qo‘lqop kiying va qalam bilan kesish chiziqlarini belgilang. Arralash paytida plankani dekor yuzasi yuqoriga qaratib ushlang.
Laminat yotqizildi — deyarli hamma narsa tayyor. Rasmni to‘ldirish qoldi, rangga mos plintus va pardozlash profilini, shuningdek, boshqa yakunlovchi detallarni qo‘shish. Zero, har bir mayda-chuyda ahamiyatga ega.