Ha, mumkin. Tegishli o‘rnatish usuli laminat yotqiziladigan polga bog‘liq.
Quick-Step laminatini yotqizishdan oldin, avval namlik o‘tkazuvchan pol qoplamasini (gilam, ignabosigli kigiz va h.k.) olib tashlang.
Suv o‘tkazmaydigan pol qoplamasini (PVX, linoleum va h.k.) olib tashlash shart emas, lekin Quick-Step tekislovchi podlojkasini yotqizish kerak.
Agar sizda yog‘och taxta to‘shama bo‘lsa, avval mavjud barcha pol qoplamalarini olib tashlang.
Muhim!
Agar sizda notekis taxtali pol bo‘lsa, Quick-Step Thermolevel podlojkasidan foydalanish kerak. Bundan tashqari, taxtali pol ostidagi bo‘shliq yaxshi shamollatilishi kerak. Yog‘ochdagi namlik miqdori 10% dan oshmasligi kerak. Yangi polni mavjud to‘shamaga to‘qson daraja burchak ostida o‘rnating.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limimizga murojaat qiling.