Qidiruv
qo‘ng‘iroqlar markazi 9:00 до 18:00
/uz

Ma'lumki, PVX mahsulotining o'zi o'z xususiyatlariga ko'ra suvning qisqa muddatli ta'siridan qo'rqmaydi. Nega qisqa muddatli? Chunki PVXning ustki shaffof qatlami suv bilan uzoq vaqt ta'sirlashganda xiralashishi yoki oqarib ketishi mumkin. Quritgandan so'ng oqarish yo'qolishi mumkin, ammo buni 100% ishonch bilan aytish mumkin emas. Shuning uchun vinil pollarni to'g'ridan-to'g'ri dush kabinalariga, issiq suv to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan joylarga yoki ho'l zonalarga (masalan: basseynlar) yotqizish tavsiya etilmaydi, chunki u yerda pol qoplamasi to'g'ridan-to'g'ri suvga botiriladi. Bundan tashqari, yotqizishda ko'plab bo'g'inlar hosil bo'ladi, ular orqali suv o'tib ketishi mumkin. Mahsulotimizni ishlab chiqishda biz Alpha-Vinilning suvga chidamliligiga alohida e'tibor qaratdik.

Alpha-Vinilning 100% suvga chidamliligi uchta komponentga asoslangan:

  • suvga chidamli mahsulot - PVX o'z tabiatiga ko'ra suv o'tkazmaydigan materialdir;
  • ideal tutashuv - qulf profili oldindan taranglik bilan ishlaydi, plankalarni bir-biriga mahsus tortadi. Bo'shliqlarning yo'qligi suvning kirib kelishini imkonsiz qiladi;
  • faskani gidrofob tarkib bilan himoya qilish - plankalar bo'g'inlarni suvning kirib kelishidan himoya qiluvchi maxsus suv o'tkazmaydigan Hydroseal tarkibi bilan ishlangan.

Suvga chidamli Alpha-Vinilning afzalliklari:

  • suv va suyuqliklarning uzoq muddatli ta'siriga chidamli;
  • hammom xonalari, yo'laklar, oshxonalarda foydalanish mumkin;
  • pol qoplamasi ostida mog'or paydo bo'lishining oldini olish, uyda sog'lom muhitni saqlash.
 

Biz Alpha Vinilga kafolat beramiz - suv bo'g'inlar orqali o'tib ketmaydi. Va mahsulotning o'zi tashqi ko'rinishini o'zgartirmaydi. Qo'shimcha ravishda biz nam xonalarda foydalanish uchun umrbod kafolatni ta'minlaymiz.
♦ Biz Alpha Vinilni to'g'ridan-to'g'ri dush kabinalari yoki basseyn ichiga yotqizishni tavsiya etmaymiz


Yaqin atrofdagi do‘konni toping
Veb-sayt ish faoliyatini yaxshilash uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz.
Saytda qolish orqali siz cookie-fayllarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz